Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada ilk marotaba g‘or balig‘i topildi
Yevropada birinchi marta g‘or balig‘i aniqlandi. Uni Germaniya janubidagi g‘orga sho‘ng‘igan g‘avvoslar ko‘rishgan. Topilma haqida Current Biology jurnalida so‘z yuritilgan.
G‘avvos Yoaxim Krayselmayyer Dunay daryosidagi g‘orni ko‘zdan kechirayotgan vaqtda Nemacheilus troglocataractus turiga mansub baliqni ko‘rib qolgan. Dastlab u baliqni suratga tushirib, Konstants universiteti doktori Yasminka Bermann-Godelga ko‘rsatgan. Yasminka baliqlar evolyutsiyasi bo‘yicha ekspert hisoblanadi. Keyinchalik, baliqning o‘zini ham tutishning uddasidan chiqqan. 8,5 sm keladigan baliq tangachalardan xoli bo‘lib, deyarli ko‘r. Uning ko‘zlari suv yuzasiga yaqin yashaydigan baliqlar ko‘zlaridan yarmiga kichik.
Umuman, bugungi kunda g‘or baliqlarining 200ga yaqin turi bor. Biroq, shu vaqtgacha, Yevropada ularning hech biri aniqlanmagan edi. Baliqning irsiy tahlili shuni ko‘rsatdiki, u Dunay va Germaniyaning Radolftseller daryosida yashovchi mo‘ylovli golts balig‘ining qarindoshidir. Tadqiqotchilarning taxmin qilishlaricha, Nemacheilus troglocataractus suv yuzasida yashaydigan baliqlardan 20 ming yillar avval ajralib qolgan.
Olimlar g‘orning kichik qismi o‘rganilganini inobatga olgan holda minglab baliqlarni aniqlash mumkinligini aytishmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
14:07 / 11.06.2026
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:17 / 10.06.2026