Jahon | 07:48 / 04.04.2017
20290
1 daqiqa o‘qiladi

"Moskva-Kaliningrad" reysi yo‘lovchisi samolyotni portlatish bilan tahdid qildi

"Rossiya" aviakompaniyasining "Moskva-Kaliningrad" aviareysi amalga oshirilayotgan vaqtda yo‘lovchilardan biri samolyotni portlatish bilan tahdid qildi. Bu haqda aviakompaniya vakili ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, Moskvaning "Vnukovo" aeroportidan chiqqan SV 6127 reysi ekipaji yomon ob-havo sharoiti tufayli samolyotni Peterburgdagi "Pulkovo" aeroportiga olib ketishga qaror qilgan. Ko‘rinishicha, bundan norozi bo‘lgan yo‘lovchi samolyotni portlatish bilan tahdid qilgan.

Bu haqdagi ma'lumot "Pulkovo" aeroporti tezkor xizmatlari va huquq-tartibot idoralariga yetkazilgan.   

Samolyot qo‘ngach, yo‘lovchi politsiyaga topshirilgan. Bu reys bilan uchayotgan qolgan yo‘lovchilar mehmonxonalarga joylashtirilganlar. Agar Kaliningradda ob-havo yaxshilansa, ular 4 aprel ertalab belgilangan manzilga jo‘natiladilar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid