Jahon | 20:18 / 04.04.2017
12321
1 daqiqa o‘qiladi

Putin MDH vakillari bilan maxsus xizmatlarni muvofiqlashtirishni muhokama qiladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5 aprel kuni MDH davlatlarining xavfsizlik xizmatlari rahbarlari bilan maxsus xizmatlarning o‘zaro muvofiqlikda harakat qilishi masalasini muhokama etadi. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.

«Beshinchi aprel kuni Rossiya prezidenti V.V. Putin MDHga a'zo mamlakatlarning razvedka va xavfsizlik xizmatlari organlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi», — deyilgan xabarda.

Kremldagilar shuningdek, bugungi xalqaro terrorizm tahdidlari kuchaygan pallada MDH davlatlari maxsus xizmatlarning muvofiqlikda ish olib borishi ularning faoliyatini takomillashtirishning muhim qismi ekanini qayd etib o‘tishgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid