Jahon | 17:52 / 04.04.2017
79452
2 daqiqa o‘qiladi

Tergov qo‘mitasi Jalilov Peterburgdagi portlash ijrochisi ekanini tasdiqladi

Rossiya Tergov qo‘mitasi rasman ma'lum qildiki, Sankt-Peterburg metrosidagi terakt ijrochisi Akbarjon Jalilovdir.

«Tergovda Sankt-Peterburg metrosidagi vagonda o‘zini portlatgan terrorchi shaxsini aniqladi. U 01.04.1995 sanada tug‘ilgan Akbarjon Jalilov bo‘lib chiqdi», — deyilgan qo‘mita tarqatgan press-relizda.

Qo‘mita ma'lumotida «Ploshchad Vosstaniya» bekatida aniqlangan va zararsizlantirilgan bomba ham Jalilov tomonidan qoldirib ketilgani tasdiqlangan.

«Ekspert-kriminalistlar «Ploshchad Vosstaniya» bekatida topilgan va ichida portlovchi qurilma bo‘lgan sumkada Jalilovning barmoq izlari borligini aniqladi», — deyilgan ma'lumotnomada.

3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining «Texnologiya instituti» bekatiga «Sennaya ploshchad» bekatidan kirib kelgan poyezdda portlash sodir bo‘ldi. Yana bir bomba «Ploshchad Vosstaniya» bekatiga o‘rnatilgandi. Portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 nafarni tashkil qildi, 49 kishi jarohatlandi.

Peterburg terakti ijrochiligida gumon qilinayotgan Akbarjon Jalilovning suratlari e'lon qilindi

Akbarjon Jalilov haqida navbatdagi ma'lumotlar berildi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid