Sankt-Peterburgdagi portlaş ijroçiligida asosiy gumondor bölib turgan qirğizistonlik Akbarjon Jalilov 2011 yilda Rossiya fuqaroligini olgandi. Bu haqda «Interfaks» agentligi huquq-tartibot organlariga asoslanib xabar berdi. 

Öşda uning yaqinlarini tergov qilişgan, aniqlanişiça 1995 yilda tuğilgan Jalilov Sankt-Peterburgda 10 yil muqaddam avtoslesar sifatida işlay boşlagan va ötgan vaqt davomida şu şaharda istiqomat qilgan.

«Jalilov bir neça yil muqaddam otasi bilan Rossiyaga işlaş uçun ketgan. Öşdagi Amir Temur köçasida uning onasi, uka va singillari yaşab kelgan. Otasi bilan aloqa boğlaşning hozirça imkoni bölmadi», deyilgan xabarda.

Öşdagi muxbirning ma'lum qilişiça, Jalilovning oilasi Öş şahrining özbeklar mahallasida joylaşgan xonadonda istiqomat qilib kelmoqda.

Qöşnilarning ma'lum qilişiça, ular Akbarjon Jalilovni köp yillardan buyon körişmagan, u hamişa Rossiyada yaşagan.

«Gazeta.Ru» xabarida esa Jalilov şu yilning fevral oyi oxirida Öşda bölgani aytilgan. U 3 mart kuni Rossiyaga uçgan. U ötgan yillar davomida hamişa Pulkovo aeroportiga (Sankt-Peterburg) uçardi. Lekin bu safar u Domodedovo aeroportiga uçgan. Ayni vaqtda u Moskvada kim bilan uçraşgan bölişi mumkinligi örganilmoqda. Terakt taşkilotçilari aynan Moskvada bölişi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining «Texnologiya instituti» bekatiga «Sennaya ploşçad» bekatidan kirib kelgan poyezdda portlaş sodir böldi. Yana bir bomba «Ploşçad Vosstaniya» bekatiga örnatilgandi. Birinçi portlaşdan keyin metro yopilgaç, bombani masofadan boşqarişning imkoni bölmagan va u zararsizlantirilgan. Portlaş oqibatida halok bölganlar soni 14 nafarni taşkil qildi, 49 kişi jarohatlandi.

Bugundan Sankt-Peterburg şahrida uç kunlik motam e'lon qilingan.

Peterburg terakti ijroçiligida gumon qilinayotgan Akbarjon Jalilovning suratlari e'lon qilindi