Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaliklar Melanya Trampning Oq uyga ko‘chib o‘tishini talab qilmoqdalar
500 mingdan ko‘proq kishi AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melanya Trampning Vashingtonga ko‘chib o‘tishi talab qilingan petitsiyani imzoladi. Gap shundaki, Melanya Trampning Nyu-Yorkdagi Trump Tower binosida yashashi bilan bog‘liq xarajatlar soliq to‘lovchilarga qimmatga tushmoqda.
"Melanya Trampni Oq uyda qolishga yoki xarajatlarni o‘zi to‘lashiga majbur qilish" deb nomlangan arznoma Change.org saytida chop etildi. Ayni vaqtda arznoma ostiga 515 mingga yaqin kishi imzo qo‘ygan.
"Amerikalik soliq to‘lovchilar birinchi xonimni Trump Tower’da himoyalash uchun behudaga katta pullar to‘lamoqda. Milliy qarzni qisqartirishga kelsak, bu xarajatlar davlat uchun ijobiy natija keltirmaydi va moliyalashtirilishdan kesilishi kerak", deyilgan arznomada.
Avvalroq Melanya Tramp turmush o‘rtog‘i Donald Tramp Oq uyga ketgandan keyin Nyu-Yorkda qolishga qaror qilgani ma'lum qilingandi. Bu qaror ularning 10 yoshli o‘g‘illari Berronning o‘quv yilini Nyu-Yorkda oxirigacha yetkazishi bilan bog‘langan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Nyu-Yorkda Trampning oilasi xavfsizligini ta'minlash shaharning politsiya boshqarmasiga har kuni 127 mingdan 146 ming dollargacha aylanmoqda.
Mavzuga oid
11:25 / 16.03.2026
Ahror Burhonov Vashingtonda O‘zbekistonning ilk bosh konsuli bo‘ldi
11:55 / 14.03.2026
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
13:01 / 07.03.2026
AQSh va Venesuela diplomatik munosabatlarni tiklamoqda
09:09 / 16.01.2026