Jamiyat | 08:04 / 05.04.2017
23744
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyada chamadon ichida rossiyalik ayol jasadi topildi

Italiyaning Rimini shahri portida chamadon ichida ozib-to‘zib ketgan rossiyalik ayol jasadi topildi, deb xabar bermoqda ANSA axborot agentligi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ayol Italiyada qonuniy asosda yashagan.      

Ayol jasadi 27 martda topilgan, biroq uning shaxsini 3 apreldagina aniqlashga muvaffaq bo‘lingan. Jasadni mahalliy baliqchilar topishgan. Ular dengizda chamadonni payqab qolishgan va uni ochib ko‘rishganda ichida sellofan paketga o‘ralgan ayol jasadini aniqlashgan.  

Ayol haqida hech qanday ma'lumot berilmagan. Sud-tibbiyot mutaxassislari ayol juda ozib-to‘zib ketgan holda bo‘lganini qayd qilishgan.

Politsiya jasadda zo‘ravonlik qo‘llash yoki cho‘ktirish alomatlarini aniqlamagan. Ularning fikricha, ayolning o‘limiga nochor turmush tarzi sababli organizmning kuchli oriqlanishi sabab bo‘lgan. Politsiya kimdir jasaddan qutulish maqsadida uni chamadonga joylab, dengizga otib yuborgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.  

Rimini shahri prokuraturasi ushbu voqea yuzasidan tergov qo‘zg‘atdi. Ma'lum bo‘lishicha, qiz bir necha marotaba shifoxonaga anoreksiya tashxisi bilan tushgan. Rossiyalik ayol vafoti vaqtida 35 kilogrammgina kelgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid