Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshida vahshiy qotillik. O‘qituvchi ayol maktabda o‘ldirildi
4 aprel kuni Qarshi shahridagi 4-sonli o‘rta maktabda qotillik sodir etildi. «Kun.uz» nashrining bir necha manbalari ma'lumot berishicha, shu maktabda biologiya fanidan dars berib kelgan Muhabbat Ko‘chimova qotillik qurboni bo‘lgan.
29 yoshda bo‘lgan bu ayol o‘z turmush o‘rtog‘i tomonidan tig‘li qurol orqali o‘ldirilgan. Voqea barcha darsdaligida ro‘y bergan, shu tufayli qotillikning oldini olib qolib bo‘lmagan. Ko‘chimova shu kuni maktabda navbatchi edi.
Jinoyatchi qotillikdan so‘ng voqea joyidan qochib yashiringan.
Ma'lum bo‘lishicha, oilada avvaldan nizo mavjud bo‘lgan.
Shaharda tezkor qidiruv ishlari olib borilgan va qotil tez orada qo‘lga olingan.
Bu borada hozircha rasmiy ma'lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid
15:32 / 25.05.2026
Toshkentda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga oid jinoyat ishi tugatildi
13:38 / 21.05.2026
Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
00:04 / 20.05.2026