4 aprel kuni Qarşi şahridagi 4-sonli örta maktabda qotillik sodir etildi. «Kun.uz» naşrining bir neça manbalari ma'lumot berişiça, şu maktabda biologiya fanidan dars berib kelgan Muhabbat Köçimova qotillik qurboni bölgan.

29 yoşda bölgan bu ayol öz turmuş örtoği tomonidan tiğli qurol orqali öldirilgan. Voqea barça darsdaligida röy bergan, şu tufayli qotillikning oldini olib qolib bölmagan. Köçimova şu kuni maktabda navbatçi edi.

Jinoyatçi qotillikdan söng voqea joyidan qoçib yaşiringan.

Ma'lum bölişiça, oilada avvaldan nizo mavjud bölgan.

Şaharda tezkor qidiruv işlari olib borilgan va qotil tez orada qölga olingan.

Bu borada hozirça rasmiy ma'lumotlar yöq.