Jamiyat | 08:35 / 05.04.2017
11652
2 daqiqa o‘qiladi

Shvartsenegger "Terminator" filmining yangi qismi suratga olinishini ma'lum qildi

Mashhur aktyor Arnold Shvartsenegger "Terminator" filmining yangi qismlari suratga olinishi to‘xtatilgani haqidagi xabarlarni rad etdi va filmning yangi qismini uning ilk 2 qismini suratga olgan rejissyor Jyeyms Kemeron suratga olishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda Sky News axborot agentligi xabar bermoqda

"Terminator" franshizasi hech qachon to‘xtamaydi va 2018 yildan keyin Jyeyms Kemeron uni orqaga qaytib oladi hamda voqea davom etadi", deb aytgan aktyor.

Kemeron ushbu franshizaga huquqlarga 2019 yildan boshlab egalik qiladi.

"Kemeron filmga prodyuserlik qiladi va yana bir rejissyor bo‘ladi. Men har doim yana bir "Terminator"ning suratga olinishini intiqlik bilan kutaman. Ayniqsa, agar voqea yaxshi yozilgan bo‘lsa va u haqiqatan ham butun dunyoni zavqlantirsa", deb ta'kidlab o‘tdi Shvartsenegger.

Aktyor, shuningdek, agar Paramount kinostudiyasi "franshizani olishni istamasa", unda buni qilishga tayyor bo‘lgan yana 15 ta studiya borligini va bu "Terminator" voqeasi  yakunlanmaganini anglatishini aytdi.

Avvalroq OAV bir manbaga iqtibos keltirgan holda Paramount filmning yangi qismlariga Shvartsenegger va "Terminator: Genezis"da suratga tushgan Emiliya Klarkni qaytarmaslikka qaror qilganini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid