Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Kolumbiyaga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kolumbiya Respublikasi prezidenti Xuan Manuel Santos Kalderonga Putumayo provinsiyasida yuz bergan va ko‘p sonli kishilarning qurbon bo‘lishiga va vayronalarga sabab bo‘lgan yirik tabiiy ofat munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi TIV axborot berdi.
Maktubda O‘zbekiston rahbari barcha kolumbiyaliklarga, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a'zolari, yaqinlari hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yo‘lladi.
Aprel oyi boshida Kolumbiyaning Putumayo provinsiyasi markazi — Mokoa shahrida ro‘y bergan suv toshqini hamda sel kelishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 290 kishiga yetgan. 2,7 mingga yaqin kishi vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
20:46 / 08.01.2026
Tramp avvalroq «kasal» deb atagan Kolumbiya prezidenti bilan suhbatlashdi
23:13 / 05.01.2026
Men aybsizman va hamon mamlakatim prezidentiman – Maduro Nyu-Yorkda ilk sud majlisida ishtirok etdi
19:32 / 05.01.2026
Kolumbiya prezidenti Trampning tahdididan keyin xalqdan yordam so‘radi
16:01 / 05.12.2025