Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falcon 9 raketasining qayta uchirilgandan keyin qo‘ndirilishi videosi paydo bo‘ldi
SpaceX kompaniyasi Instagram’da orbitaga SES-10 telekommunikatsion geostatsionar sun'iy yo‘ldoshini yetkazgan Falcon 9 raketasining birinchi pog‘onasi qo‘ndirilishi videosini joylashtirdi. Raketaning bu pog‘onasi 2016 yil aprelda koinotda bo‘lgan. U Xalqaro koinot stansiyasi uchun Dragon koinot kemasini orbitaga olib chiqqan va Yerga muvaffaqiyatli qaytarilgan. Kompaniya navbatdagi galda ham raketaning bosh detalini Yerga muvaffaqiyatli qaytarishga erishdi va bu bilan 6 mln dollar tejab qoldi.
SpaceX raketa uchirilishi vaqtida uning birinchi pog‘onasi qo‘nishining jonli suratga olinishini ta'minlashga harakat qilgan, biroq raketa Yer atmosferasiga kirganda undagi kamera bilan aloqa yo‘qolgan. Atlantika okeanidagi suzuvchi platformani kuzatuvchi kamera ham kompaniyaning parvozlarni boshqarish markazi bilan sun'iy aloqani yo‘qotib, "o‘yindan chiqqan". Biroq kompaniya platformaga o‘rnatilgan kameralardan videotasvirni olishga muvaffaq bo‘lgan.

Suratga olish qo‘nishning bekamu-ko‘stligini munosib baholash uchun turli burchaklardan olib borilgan.
Bu raketa birinchi pog‘onasining 6-marotaba muvaffaqiyatli qo‘ndirilishi bo‘ldi. Kelgusida kompaniya raketalarni har ikki haftada uchirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
18:28 / 24.06.2026
SpaceX aksiyalari arzonladi, Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
08:50 / 12.06.2026