Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotomaqola: Andijonda boks afsonalari maktabda “Mahorat darsi” o‘tkazdi
Andijon viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan Andijon shahridagi 50-umumta'lim maktabi boks majmuasida Olimpiada chempioni Muhammadqodir Abdullayev, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, olimpiada o‘yinlari sovrindori Bahodir Sultonov, olimpiya zaxiralari kolleji murabbiyi, olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatovning ustozi Ziyovuddin Tayganboyevlar yosh bokschilar bilan uchrashdilar.
Uchrashuv so‘z olgan viloyat jismoniy tarbiya va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i Ozodbek Saidov, Sidney olimpiadasi chempioni Muhammadqodir Abdullayevlar yurtimizda yosh avlodni mukammal ta'lim va tarbiya olishlari, sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘zladilar. Turli musobaqalarda o‘zini ko‘rsatgan iqtidorli bokschilarga jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining sovg‘alari topshirildi.
Shundan so‘ng Muhammadqodir Abdullayev hamda murabbiy Ziyovuddin Tayganboyev yosh iqtidor egalari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Boks ustalaridan usullarni o‘rganayotgan yoshlar ko‘zida quvonch bilan “Mahorat darsi”da ishtirok etdilar.
- Boks sport turini o‘rganayotgan bolakaylar ichidagi iqtidorlarni ko‘rib juda quvondim,- deydi murabbiy Ziyovuddin Tayganboyev. – Ishonamanki, yurtimiz yoshlari ichidan kelajakda ko‘plab jahon va olimpiada chempionlari chiqadi.












Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
17:53 / 14.11.2025
Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov doping tufayli 3 yilga chetlatildi
21:19 / 28.10.2025
Pakyao va Meyvezer revansh jangini o‘tkazadi
19:36 / 22.09.2025
Bokschi o‘n yillar oldin qo‘lga kiritgan medalini o‘zini adolatli tarzda mag‘lub etgan raqibiga qaytardi
18:37 / 19.09.2025