Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaysi bankda maosh uchun "naqd" ko‘proq beriladi
Ish haqini o‘z vaqtida to‘lash har bir kompaniya va korxona uchun muhim ahamiyatga ega. Bunda biznesning katta-kichikligi rol o‘ynamaydi. Xo‘sh, banklar plastik kartalarga o‘tkazilayotgan ish haqlarining necha foizini naqd ko‘rinishda taqdim etadi. Norma.uz sayti shu masalaga oydinlik kiritishga uringan.
Prezidentning 2017 yil 2 fevraldagi «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, biz mahalliy tijorat banklari yangi mijozlar (yuridik shaxslar)ga bu borada qanday xizmatlarni taklif qilayotganiga qiziqdik. Ularga qo‘ng‘iroq qilar ekanmiz, quyidagi masalaga oydinlik kiritishga harakat qildik, deydi muallif.
«Yangi ishlab chiqarish korxonasi ro‘yxatdan o‘tish jarayonini yakunlar ekan, o‘z hisobini ochish bo‘yicha bankni tanlaydi. Bu to‘qimachilik korxonasi bo‘lib, yillik mahsulot aylanmasi 1 mlrd so‘mni tashkil etadi, har oylik ish haqi ehtiyoji 30-35 mln so‘mni tashkil etadi, naqd pul kirim qilinishi rejalashtirilmayapti».
Aytish joizki, deyarli barcha tijorat banklari o‘z rasmiy saytlariga ega, unda ularning faoliyatiga doir ma'lumotlarni olish mumkin. Ancha vaqtdan beri ta'mirlash jarayoni ketayotgan saytlar bundan mustasno.
Ko‘plab banklar yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish tariflarini e'lon qiladi. Shu bilan birga, ayrim banklarda abonentlik to‘lovi aniq belgilab qo‘yilgan. Mijozga bir nechta tarif rejasi taqdim etiladi va mijozning o‘zi qulay va foydalirog‘ini tanlaydi. Shunday banklar ham borki, abonentlik to‘lovi alohida hisoblab chiqiladi. Bunda, belgilanadigan badal pul aylanmasi hajmi, eksport-import amaliyotlari bor-yo‘qligi, inkassa qilinayotgan pul hajmi, oylik maoshga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.
Debet pul aylanmasiga doir komissiya belgilanishida ham shunday holni kuzatish mumkin. So‘rov natijasiga ko‘ra, katta aylanmaga ega mijozlardan 0,2 foiz, kamtarona pul aylanmasiga ega tadbirkorlik sub'yektlaridan 1 foizgacha xizmat haqi olinadi. Ayrim banklarda har bir bajarilgan debet amaliyoti uchun summadan foiz emas, belgilangan to‘lov olinadi. Bunda debet amaliyoti oy yakuniga ko‘ra hisoblanmaydi, balki ayni amaliyot o‘tkazilayotgan vaqtdagi to‘lov hajmi hisobga olinadi. Bundan tashqari, faqat chiquvchi amaliyotlar uchun haq olinadi. Kiruvchi amaliyotlar bepul amalga oshiriladi.
Albatta, banklarning saytlarida e'lon qilinmaydigan quyidagi ma'lumotlar oylik maosh to‘laydigan yuridik shaxslarda qiziqish uyg‘otishi tabiiy. Unda tijorat banklarining «karta/naqd» ko‘rinishada ish haqlarini berishdagi foiz nisbati aks ettirilgan.
Ta'kidlash o‘rinliki, «Trastbank» XAB buyurtma asosida maosh uchun naqd pulni ko‘proq bera oladigan yagona bank emas. Agar siz ishchilaringizga ko‘proq naqd pul berishni xohlar ekansiz, buning uchun «Trastbank»ka qo‘shimcha haq to‘lashingizga to‘g‘ri keladi. Boshqa ko‘plab banklarda «80/20» nisbatda maosh beradigan bo‘lsangiz, sizdan hech qanday komission haq olishmaydi.
So‘rov vaqtida shu narsa aniqlanganki, jadvalda ko‘rsatilgan raqamlar yakuniy hisoblanmaydi. «O‘zingiz tushunasizki, maosh to‘lashda «kartochka/naqd» nisbatiga doir savollar telefon orqali hal etilmaydi, buning uchun siz keling va biz barchasini muhokama qilamiz», – deyishdi bir necha banklarning pul bo‘limi xodimlari. Qator moliya idoralarida esa, «bank siri»ni ro‘kach qilib, telefon orqali bunday ma'lumotlar taqdim etilmasligini aytishdi.
«Bank siri to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, mijoz va xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘rtasidagi shartnomalarning muhim jihatlari bank siri hisoblanmaydi. Mazkur qonunning 3-moddasida bank siriga tushuncha berilgan.
Shu bilan birga, muallifning ta'kidlashicha, hamon naqd pullarni berish masalasi og‘riqli muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Afsuski, oylik ish haqining naqd qismini olishga ariza topshirilgach, bir necha kundan bir necha haftagacha kutishga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
07:50 / 04.05.2026
O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknotdan eng ko‘p foydalanilmoqda
20:38 / 31.03.2026
Moskvada 7 yoshli qiz 88 ming dollarni tashlab yubordi
13:30 / 12.02.2026
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobil xaridi 1 apreldan naqd pulsiz shaklga o‘tadi
09:57 / 25.01.2026