Jahon | 17:23 / 08.04.2017
5316
1 daqiqa o‘qiladi

Donald Tramp joriy yilda javob tashrifi bilan Xitoyga boradi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp 2017 yil mobaynida Xitoyga tashrif buyuradi. U ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida shu yilda Xitoyga tashrif buyurishga tayyorligini bildirgan. XXR raisi Si Tszinpinning Amerika safari yakunlariga bag‘ishlangan anjumanda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I shu haqda ma'lum qildi. 

Eslatib o‘tamiz, 6-7 aprel kunlari Oq uy rahbari Donald Tramp Florida shtatidagi qarorgohida Xitoy yetakchisi Si Tszinpin bian uchrashgan edi. 

Van Ining so‘zlariga ko‘ra, tomonlarning hamkorlikdagi sa'y-harakatlari tufayli Si Tszinpin tashrifi chog‘ida sezilarli natijalarga erishilgan. 

Avvalroq, AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Amerika yetakchisi XXR raisining Xitoyga taklifini qabul qilganini aytgandi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid