Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada alimentdan qarzdor fuqarolar bandligi ta'minlanishi prokuror nazoratida
Farg‘ona viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan 2016 yil 1 avgustda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda sud qarorlarini ijro etish hamda voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish to‘g‘risida qo‘shma farmoyish ishlab chiqilgan.
Qo‘shma farmoyish talablaridan kelib chiqib, 2017 yil 7 aprelda Farg‘ona Davlat Politexnika institutida bandligi ta'minlanmagan alimentdan qarzdor fuqarolarni ishga joylashtirish borasida bush ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda viloyat prokuraturasi, viloyat hokimligi, sud departamenti, mehnat boshqarmasi uning joylardagi mas'ul xodimlari va 308 nafardan ortiq alimentdan qarzdor fuqarolar ishtirok etdi.
Yarmarka avvalida ishga joylashish istagida bo‘lgan qarzdorlar ishtirokida yig‘ilish tashkil etilib, ishga joylashish orqali alimentdan qarzdorliklari ish haqiga qaratilishi, bu bilan voyaga yetmagan farzandlarini moda,iy ta'minotini yo‘lga qo‘yilishi, jinoyatchilikni oldini olish va boshqa masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
Yarmarkada 30 dan ortiq korxona va tashkilotlar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashib, 102 nafar qarzdor fuqarolar bilan mehnat shartnomalari tuzilishi ta'minlandi.



Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026