Fan-texnika | 21:24 / 08.04.2017
8240
2 daqiqa o‘qiladi

Hyperloop One tezkor magistrallar qurish bo‘yicha loyihalarni namoyish qildi

Tezkor magistrallar qurish rejalarini yaratish Hyperloop One Global Challenge xalqaro dasturi doirasida o‘tmoqda. Loyihalar ustida mustaqil muhandislar guruhlari ishlamoqda. Ulardan ba'zilari hozirdayoq o‘z ishlarini taqdim qildilar. Tanlov natijalariga ko‘ra, uchta muhandislar guruhi Hyperloop One ’da ishlashga taklif qilinadi.

Ba'zi jamoalar o‘zi ichiga yer osti qismlarni olgan murakkab va uzun marshrutlarni yaratishgan, boshqa jamoalar esa qo‘shni shaharlarni birlashtirish mumkin bo‘lgan qisqa yo‘llar bilan cheklanishgan. Qog‘ozda barchasi soz ko‘rinadi, biroq Hyperloop One’da bir qator muhim muammolar yechimini topmagan. Misol uchun, ma'lum qilingan 1200 kilometr/soat tezlikka erishish uchun transport tizimining barcha komponentlarini tekshirib, katta ko‘lamli sinovni o‘tkazish lozim. Hozircha Hyperloop’ning sinovlar uchun yaratilgan qismi aytilgan tezlikka erishishga imkon bermaydi.   

Kapsulalar bilan ham muammo bor, shuning uchun startap yangi xodimlarni ishga olmoqda, mablag‘lar qidirishni davom ettirmoqda va mavjud ishlanmalarni takomillashtirmoqda. Yil oxirigacha yangi xodimlar kamchiliklarni bartaraf etishga urinib ko‘radilar. Yangi transport tizimining katta ko‘lamli sinovi joriy yil yozda boshlanadi.

Hyperloop One’da odamlarni tashish 2022 yildan boshlanishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid