Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyalik sportchi Yevropada islomofobiyaga qarshi kurashmoqda
G‘arb mamlakatlarida Islom diniga qarshi qarashlar paydo bo‘lishi, bu dinni yomon ko‘rish holatlarining kuchayishi (islomofobiya) noto‘g‘ri tushunish oqibatlaridir. Shvetsiyalik yengil atletikachi (yugurish sporti bilan shug‘ullanuvchi) Kristina Palten shunday fikrda.
«Men musulmonlardan do‘stlik, birodarlik, insoniylik va mehmondo‘stlikdan boshqa narsani ko‘rmadim», - degan Palten. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning Islom dinidan qo‘rquvi va uni noto‘g‘ri tushunishi o‘rinsizdir.
Palten musulmonlar haqidagi noto‘g‘ri xulosalarga chek qo‘yish maqsadida 2015 yilda Turkiyadan Turkmanistonga tashkil etilgan marafonda qatnashib, 58 kun mobaynida 1840 kmni ortda qoldirdi.
Anadolu agentligi bilan suhbat qurgan 45 yoshli Palten musulmonlarga nisbatan sun'iy urchitilayotgan salbiy qarashlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi.
«Dunyoda 1,5 milliard musulmon yashaydi va ularning barchasi ham terrorchi emas. Bunday deyish – bema'nilik», - degan sportchi ayol.
Uning aytishicha, ayrim OAV musulmonlar xususida salbiy qarashlarni shakllantirishga urinishmoqda.
Mavzuga oid
13:50 / 31.01.2025
Kuchayib borayotgan ultra o‘nglar: G‘arb sivilizatsiyasi qay tomon ketmoqda?
17:10 / 17.10.2024
Islom olamining zabardast ulamolari Toshkentda jamlandi - fotoreportaj
11:43 / 08.07.2024
Fransiyadagi so‘llar islomofobiyaga qarshi kurashib, Falastinni tan olishni va’da qilmoqda
18:29 / 21.07.2023