Sport | 11:45 / 09.04.2017
7888
1 daqiqa o‘qiladi
Buffon Italiya chempionatida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan ikkinchi futbolchiga aylandi
Italiya chempionatining 31-turi doirasida «Kevo»ga qarshi kechgan o‘yin «Yuventus» darvozaboni Janluidji Buffon uchun A Seriyada o‘tkazilgan 616-uchrashuvga aylandi.
Endilikda ushbu 39 yoshli futbolchi turnir tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha «Inter»ning sobiq himoyachisi Xaver Dzanettini ortda qoldirib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Endi u faqat turnir doirasida 647 uchrashuvda maydonga tushgan afsonaviy himoyachi Paolo Maldinidan («Milan») ortda qolmoqda.
Buffon faoliyatidagi bir mavsumni quyi ligada o‘tkazgan.
«Yuventus» «Kevo»ga qarshi o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va yakkapeshqadamligini davom ettirdi.