Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaning eng keksa jamoalari: «Yuventus» o‘nlikka ham kirmadi
Yevropada mavjud klublar tarkibida to‘p suruvchi futbolchilarga qarab eng qariya jamoalar nomi aniqlandi.
CIES Football Observatory tashkiloti olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra, Yevropaning eng keksa futbolchilardan iborat jamoasi deya Italiyaning «Kevo» klubi e'tirof etildi (o‘rtacha 32,09 yosh). Veronaliklardan keyingi o‘rinni Kiprning «Larnaka» (31,87 yosh) va «Nea Salamis» (30,38 yosh) jamoalari band etishdi.
Eng qari jamoalar safida Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari vakillari orasida «Vest Bromvich» 5 (30,03 yosh), «Uotford» 11 (29,64 yosh), «Yuventus» 13 (29,55 yosh), «Stok Siti» 21 (29.28 yosh), «Kalyari 22 (29,26 yosh), «Kan» 28 (29.12 yosh), «Manchester Siti» 39 (28,89 yosh), «Bavariya» 59 (28,41 yosh), «Lester» 64-o‘rinni (28,8 yosh) egallab turibdi. Shuningdek yuqori 100talik reytingdan 99-o‘rin bilan «Inter» (27,8 yosh) ham joy egallagan.
Rossiyadan eng qariya jamoa «Orenburg» bo‘lib turibdi. Vadim Afonin to‘p suradigan jamoa reytingda 10-o‘rinda bormoqda. Orenburgliklarning o‘rtacha yoshi 29,7ni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi
12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba
14:28 / 28.10.2024