Foto: Getty Images

Rossiyaning «Çempionat» naşri Çempionlar Ligasi çorakfinalidan örin olgan «Real» - «Yuventus» (1:3) öyinida işlagan ingliz hakami Maykl Oliver haqida bir qança ma'lumotlarni töplaşga muvaffaq böldi.

Konte va Mourinoni uriştirib qöygan

Aynan Oliverning bahsli qarori «Çelsi» boş murabbiyi Antonio Konte ğazabini qözğadi va u Mourinoga taşlanib, uni öldirib qöyişiga sal qoldi. Yaxşiyamki hammasi tortişuv bilan tugadi. Oliver ularning oldiga kelib, tuşuntiriş işlarini ötkazganidan söng, ikkalasi ham tinçlanişdi. Ammo, keyinçalik örtadagi nizo kuçayib, matbuotda keng yoritilgan edi.

Bir metrdan darvozani nişonga ololmadi

Köplab hakamlar kabi, Maykl ham böş vaqtlarida futbol öynab turadi. Havaskor jamoalar öyinidan birida u bir metr masofadan darvozaga gol urolmagan.

Zlatanni qörqitib yubordi

Ibrahimoviçni qörqitiş osonmas. Ammo Oliver sprey ballonçasini şu qadar qattiq siltadiki, hatto Zlatan ham unga barmoği bilan pöpisa qilib, ehtiyot bölişga çaqirdi.

Ayollar jamoalari öyinida hakamlik qilgan

Bir kuni referi ayollar jamoasi öyiniga taşrif buyurdi. Uni xotini boşqarişi lozim edi. Tanaffusda hakamlardan biri özini yomon his qila boşladi. Natijada, Oliver turmuş örtoğiga yordam berişga majbur böldi. 

Jo Hart bilan kalla uriştirgan