"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon 2018 yilgi jahon çempionatidan söng faoliyatini yakunlaşi mumkinligi haqida gapirdi. 

"Sportçining faoliyati ğalaba va mağlubiyatlardan iborat. Öz vaqtida men juda köp ğalabaga erişganman, biroq mağlubiyatlarim ham yetarliça bölgan. Biz doimo kelajakka qaraşimiz kerak. "Real"ning hattoki eng yomon öyinçisi ham mendan köproq sovringa ega va katta finallarda ham köproq iştirok etgan. Şu sababli bizning Çempionlar ligasidagi imkoniyatlarimizni ortiqça baholaş kerak emasdi.

Bu yil faoliyatimdagi sönggisi bölişi mumkin va uni boş rollarda ötkazişni xohlayman. Men abadiy emasman va heç qaçon bunday öylamaganman. Men jamoa haqida öylayman, "Yuventus" va Italiya terma jamoasi birgina futbolçiga boğliq bölmasligi kerak. Oldin men murabbiy bölmasligim mumkinligini aytgandim, biroq Italiya terma jamoa murabbiyi böliş kamroq stressli bölişi mumkin. Faoliyatimni tugatganimda biroz dam olmoqçiman, çunki uzoq va oğir faoliyatni boşdan ötkazdim", – dedi Buffon.