Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga imtiyozli ravishda borishadi
8 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov prezidentning 2017 yil 4 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2865 son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor majlis o‘tkazdi
Majlis davomida Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi vakili tomonidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini muborak haj safariga imtiyozli ravishda yuborish taklifi berildi.
Bosh vazir ushbu taklifga javoban, prezident tomonidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har qanday talab va istaklarini inobatga olish haqida so‘zlaganlari, agarda ular haj safariga borish istagini bildirsa, davlatimiz tomonidan albatta bepul borib kelishlarini bildirdi. Ikkinchi jahon urushi qatnashganlarlarning aksariyati ayni paytda 90 yoshdan oshganligiga alohida e'tibor qaratish lozimligi ham aytib o‘tildi. “Nuroniy” jamg‘armasiga ro‘yhatni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, bayram tadbirlarida ishtirok etuvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining tadbirlar davomida urintirib qo‘ymaslik, ko‘ngliga qarab ish ko‘rish haqida hamda bayramda kiyishlari uchun liboslari ham davlat tomonidan berilishi aytib o‘tildi.
Mavzuga oid
09:30 / 09.06.2023
Nogironligi bor shaxslar OTMga kirishda qanday imtiyozlarga ega?
11:44 / 02.06.2023
Uyali aloqa virtual operatorlari hamda tele- va radiokanallarga davlat bojini to‘lashda imtiyozlar beriladi
08:26 / 29.01.2022
Xususiy klinikalarda imtiyozli toifadagi shaxslarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish mexanizmi joriy qilinadi
07:40 / 22.01.2022