Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr cherkovlaridagi portlashlarda 44 kishi halok bo‘ldi
Foto: Reuters
Misrdagi kopt nasroniylari qatnaydigan cherkovlarda xudkushlar tomonidan amalga oshirilgan ikkita terakt oqibatida 44 kishi halok bo‘ldi, 100 kishi jarohat oldi. Bunday ma'lumotlarni Misr sog‘liqni saqlash vazirligi keltirib o‘tdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Tanta shahrida 31 kishi, Iskandariyada esa 13 kishi halok bo‘lgan.
Tanta va Iskandariya shaharlarida bir necha soat farq bilan misrlik nasroniylarga qaratilgan teraktlar sodir etilgan.
Palma yashkanbasida (nasroniylarda pasxadan bir hafta oldingi shanba va yakshanba kunlarda o‘tkaziladigan bayram) cherkovlarda bayram ibodatiga ko‘plab dindorlar yig‘ilgan bo‘lgan. Iskandariyadagi Avliyo Mark cherkovida portlash vaqtida bayram ibodatini olib borayotgan kopt patriarxi Tavadros II bo‘lgan. Patriarxga hech narsa qilmagan.
Iskandariyadagi teraktda agar politsiyachi xudkushni to‘xtatmaganda, qurbonlar ko‘proq bo‘lishi mumkin edi. Politsiyachida notanish kishi shubha uyg‘otgan. Oqibatda portlovchi qurilma cherkovga kiraverishda portlagan. Politsiyachi halok bo‘lgan.
Tantada shahar masjidi yonida aniqlangan yana bitta bomba zararsizlantirilgan.
Mavzuga oid
10:47 / 17.01.2026
O‘zbekistonliklarning Misrga sayohati keskin ko‘paydi: 60,9 ming nafar
12:30 / 22.12.2025
Yangi konlarni aniqlash: O‘zbekiston–Misr hamkorligi uchun ishchi guruh tuziladi
17:34 / 18.12.2025
Misrda o‘zbekistonliklarning ushlanishi bilan bog‘liq holatlar oshdi
15:34 / 17.12.2025