Jahon | 18:27 / 09.04.2017
16883
2 daqiqa o‘qiladi

OAV Tillerson Rossiyaga nima maqsadda kelayotganidan xabar topdi

Foto: AFP

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Moskvaga amalga oshirishi kutilayotgan tashrifi vaqtida Rossiyadan Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishni talab qilmoqchi. Bu haqda The Sunday Times nashri o‘z manbalariga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, AQSh va Buyuk Britaniyaning Suriya masalasida qo‘shma rejasi mavjud. Vashington va Londonda "o‘tish hukumati" davri boshlanishini istamoqda.

Bundan tashqari, Tillerson Moskva Suriya hukumati kimyoviy qurol qo‘llaganini bila turib buni yashirgani haqida dalillarga egaligi aytilgan. U Kremlni 2013 yilgi kimyoviy qurolni butunlay yo‘q qilish bo‘yicha kelishuvni buzishda ayblamoqchi.

Amerikalik diplomatning Moskvaga tashrifi 11-12 aprel kunlarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 8 aprel kuni Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson Rossiyaga safarini bekor qilgani ma'lum bo‘lgandi.

Tillerson AQShning Suriyadagi bosh maqsadi haqida gapirdi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid