Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qilishni boshladi
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli ma'lum qildiki, amerikaliklar prezidenti Donald Trampning ma'muriyati Suriyani qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini muhokama etgan. Bu haqda u CNN telekanali uchun bergan intervyusida aytib o‘tgan.
«Biz buni muhokama qilamiz, muhokama jarayoni boshlangan», — deya Heyli xonimning so‘zlarini keltirgan agentlik.
Bundan oldinroq ingliz nashrlarida AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Moskvaga tashrifi vaqtida Rossiyadan Suriyani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishni talab etishi haqida yozilgandi.
4 aprel kuni Suriyaning Idlib viloyatida kimyoviy hujum amalga oshirildi va uning oqibatida 80 kishi halok bo‘ldi.
Ushbu hujum uchun javobgarlikni rasmiy Vashington Asad rejimi zimmasiga yukladi. 7 aprel kuni AQSh Qurolli kuchlari Suriyaning Shayrat aerodromiga «Tomagavk» rusumli qanotli raketalarini yo‘lladi.
Moskva tomoni ushbu hujumni «tajovuz akti» deya baholadi va AQSh bilan Suriyada ko‘zda tutilmagan holatlarning oldini olish haqidagi memorandum amalda bo‘lishini to‘xtatdi.