Jahon | 10:15 / 09.04.2017
8764
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Yaqin Sharqda yangi choralar ko‘rishga va'da berdi

AQSh o‘zining Yaqin Sharqdagi milliy manfaatlarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish niyatida, deb aytdi AQSh prezidenti Donald Tramp. 

8 aprelda Tramp AQSh kongressiga Suriyadagi aviabazaga berilgan zarba yuzasidan maktub yo‘lladi.

"Men o‘zimning tashqi siyosat yurgazishdagi konstitutsiyaviy vakolatlarimga mos holda va AQShning milliy xavfsizligi uchun hayotiy muhim manfaatlardan kelib chiqib, AQSh oliy bosh qo‘mondoni sifatida harakat qildim. AQSh o‘z milliy manfaatlarini yanada ta'minlash uchun zarur va tegishli qo‘shimcha harakatlarni amalga oshiradi", deyilgan maktubda.     

7 aprelga o‘tar kechasi AQSh Suriyaning Shayrat aviabazasiga raketa zarbasi bergandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid