Jahon | 08:54 / 09.04.2017
36935
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp kongressga nima uchun Suriyaga zarba berganini tushuntirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadagi Shayrat aviabazasiga berilgan raketa zarbasidan 2 kun o‘tib AQSh kongressi a'zolariga o‘z qarorini nimalardan kelib chiqib qabul qilgani haqidagi maktubni jo‘natdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qildi.  

Maktubda Tramp zarbadan keyin bergan bayonoti deyarli so‘zma-so‘z takrorlangan. Jumladan, Oq uy rahbari yana Suriyani Idlib viloyatiga uyushtirilgan kimyoviy hujumda asossiz ravishda ayblagan.  

Trampning aytishicha, u zarba berish haqidagi qarorni "Suriyaning kimyoviy qurol qo‘llagan holda kelgusi hujumlarni o‘tkazish imkoniyatini pasaytirish va uni taqiqlangan qimyoviy qurol qo‘llagan holda yangi hujumlarni sodir etishdan qaytarish hamda shuning evaziga mintaqada barqarorlikni ta'minlash va gumanitar falokatning yanada yomonlashishi oldini olish" maqsadida qabul qilgan.  

Trampning ta'kidlashicha, u bu vaziyatda "AQShning milliy xavfsizligi va tashqi siyosatining hayotiy muhim manfaatlaridan kelib chiqib" harakat qilgan. Tramp, shuningdek, Vashington "milliy manfaatlarini kelgusida ham ta'minlash uchun zarur bo‘lgan barcha qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirishini" aytgan.

Mavzuga oid