Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya hududi ustidan kuzatuv parvozi amalga oshiradi
AQShning OS-135B samolyoti 10 apreldan 14 aprelgacha Rossiya hududi ustidan ochiq osmon kelishuvi doirasida kuzatuv parvozi amalga oshiradi. Bu haqda Rossiyaning yadroviy xavfni kamaytirish milliy markazi rahbari Sergey Ryjkov ma'lum qildi.
"Ochiq osmon kelishuvini amalga oshirish doirasida 10 apreldan 14 aprelgacha AQSh va Chexiyaning ko‘shma missiyasi Rossiya hududi ustidan OS-135B kuzatuv samolyotida kuzatuv parvozi bajaradi", deb aytdi Ryjkov.
Ryjkovning aytishicha, parvozni belgilangan yo‘nalish bo‘yicha bajarish vaqtida rossiyalik mutaxassislar parvozning kelishilgan ko‘rsatkichlariga qat'iy amal qilinishi va kuzatuv qurilmasi qo‘llanishi tartibini nazorat qiladilar.
Mutaxassisning aytishicha, OS-135B samolyoti biror bir qurol qo‘llashga mo‘ljallanmagan samolyotlar sinfiga kiradi.
Mavzuga oid
23:07
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51