Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 mamlakatlari TIV rahbarlari Italiyaning Lukka shahrida yig‘ilishadi
Italiyaning Lukka shahri o‘zining zamonaviy tarixida ilk bora yirik xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi. Bugun, 10 aprel kuni uncha katta bo‘lmagan shaharda "Katta yettilik" davlatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi boshlanadi. Mazkur anjuman G7 davlat rahbarlarining may oyida Sitsiliyada bo‘lajak sammiti oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
Ushbu uchrashuvda xalqaro muammolarning barcha mavzusi — terrorizmga qarshi kurashdan KXDR yadro dasturigicha, Ukraina sharqidagi vaziyatdan tortib Liviya muammosigacha muhokama qilinadi.
Dunyoning yettita yetakchi iqtisodiyotlarining tashqi ishlar vazirlaridan tashqari yig‘ilishda YeI tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy komissari Federika Mogerini ham qatnashadi. Shu bilan birga, aytish joizki, jahon OAVning asosiy diqqat-eʼtibori yaqinda vazifasiga kirishgan AQSh davlat kotibi Reks Tillersonga qaratiladi. U Lukkadagi sammit tugashi bilan rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga yo‘l oladi.
Mavzuga oid
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
07:22 / 28.03.2026
G7 neft zaxiralari: qaysi davlatda qancha?
09:33 / 12.03.2026