Jamiyat | 16:23 / 10.04.2017
6856
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Suriyada harbiy kuch ishlatilishiga qarshi chiqdi

Foto: RIA "Novosti"

Xitoy Suriyada harbiy kuch ishlatilishiga qarshi chiqmoqda. Bu haqda XXR TIV rasmiy vakili Xuan Chunin dushanba kuni xabar berdi. U AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning XXR raisi Si Tszinpin amerikalik hamkasbiga Qo‘shma Shtatlarning Suriyadagi zarbasini “tushungani” haqida ma'lum qilgani haqidagi so‘zlariga izoh berarkan. 

Donald Tramp AQShga tashrif bilan kelgan Si Tszinpinni Suriyadagi aviabazaga raketa zarbasi berilgani haqida shaxsan xabardor etgan. Tillersonning so‘zlariga ko‘ra, Si Tszinpin AQShning “bolalar o‘limi tufayli” harakatlarini “tushunishi” haqida ma'lum qilgan.

"Xitoy xalqaro munosabatlarda harbiy kuch ishlatilishiga har doim qarshi bo‘lib kelgan, boshqa davlatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini esa hurmat qilish tarafdoridir. Bizning fikrimizcha, siyosiy qaror – Suriya mojarosini hal qilishning yagona yo‘li", - deya ma'lum qildi Xua Chunin brifingda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Suriya kelajagini suriyaliklar hal qilishi kerak, xalqaro hamjamiyat esa uning qarorini hurmat qilishi kerak.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid