Janubiy Koreya AQShning KXDRga ogohlantiruvchi zarbalariga qarshi
Janubiy Koreya o‘z aholisining xavfsizligini o‘ylab, AQSh tomonidan KXDRga ogohlantiruvchi zarbalar berilishiga qarshiligini ehtiyotkorlik bilan bildirdi, deb xabar beradi Yonhap axborot agentligi.
"Ogohlantiruvchi zarba masalasi, Shimoliy Koreyaning yadro muammosini hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lishi tabiiy, biroq biz uchun u fuqarolarimizning xavfsizligini ta'minlashimizga bog‘liq", — deya milliy birlashuv vaziri Hon Yon Pyoning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 9 may kuni o‘tkazilajak muddatidan oldingi prezidentlik saylovlaridan so‘ng shakllantiriladigan Janubiy Koreyaning yangi hukumati "AQSh bilan bu borada yaqin hamkorlik qilishi kerak".
O‘tgan haftada Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon suhbatidan so‘ng, Vashington Shimoliy Koreyaning yadro va raketa sinovlariga javob qaytarishning ehtimolli variantlarini ko‘rib chiqayotganini bildirgan edi.
Koreya Respublikasida prezidentlik saylovlari sobiq davlat rahbari Pak Kin Hega impichment bildirishi va hokimiyatdan chetlatilishi tufayli o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:01 / 01.11.2024
AQSh partiyalari saylov kampaniyasiga qancha pul sarflagani hisoblab chiqildi
09:50 / 01.11.2024
AQSh Janubiy Koreyani yadro quroli bilan himoya qilishga tayyor
08:50 / 01.11.2024
AQSh: KXDRning 8 mingga yaqin askari Ukrainada jang qilishga tayyor
23:44 / 31.10.2024