Jahon | 23:05 / 11.04.2017
7392
2 daqiqa o‘qiladi

Obama Berlinga tashrifi davomida Merkel bilan uchrashadi

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Berlindagi Yevangeliye cherkovida bo‘lib o‘tadigan bayramga tashrif buyurmoqchi. Obama Germaniyaga safari davomida 25 may kuni Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashadi. Siyosatchilar demokratiya va kelajak mavzusidagi muhokamalarda ishtirok etishadi, deb ma'lum qildi Focus nashri.

Muhokamaning nomi "Demokratiyani faollik bilan qurish – o‘z uyi va dunyoda javobgarlikni zimmasiga olish" deb ataladi va Brandenburg darvozalari yaqinidagi studiyada bo‘lib o‘tadi.

Obama oxirgi marta Berlinga 2016 yil noyabrda AQSh prezidenti sifatida tashrif buyurgan. Obama 2008 yilda ham Berlinga kelgan, biroq u o‘shanda AQSh prezidenti lavozimiga nomzod bo‘lgan. 

Germaniyada 2017 yilda Yevangeliye cherkovi reformatsiyaning (16- asrda G‘arbiy Yevropada katolik cherkovi va papa hokimiyatiga qarshi olib borilgan diniy shakldagi ijtimoiy-siyosiy harakat) 500 yilligini nishonlaydi. Reformatsiya 1517 yildan beri olib boriladi. Taxmin qilinishicha, aynan shu yilda Vittenbergda Martin Lyuter katolik cherkovni tanqid qiluvchi 95 ta tezisini ma'lum qilgan.  

2017 yil 28 mayda Vittenbergda katta bayramona cherkov ibodati bo‘lib o‘tadi. Taxmin qilinishicha, aholisi 50 ming kishini tashkil qiluvchi bu shaharga bayram kunlari 300 minggacha odam tashrif buyuradi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid