Light | 17:03 / 11.04.2017
35161
2 daqiqa o‘qiladi

Sayyoramizdagi eng xavfli 5 vulqon qayerda ekani ma'lum qilindi

Buyuk Britaniyadagi Koventri universiteti geografi Mettyu Blekett Yer yuzidagi eng xavfli besh vulqon nomini ma'lum qildi. Hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, ularning otilishi minglab kishilarning o‘limiga olib kelishi mumkin. The Conversation shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi

Olimning fikricha, insonlar hayotiga eng katta xavf soluvchi vulqonlar - Vezuviy (Italiya), Niragongo (Kongo Demokratik Respublikasi), Popokatepetl (Meksika), Krakatau (Indoneziya) va Pektusan (Shimoliy Koreya).

Blekkettning ta'kidlashicha, taxminan 1600 yildan buyon vulqonlar 280 ming kishini hayotdan olib ketgan. Masalan, 1815 yilda Tambora vulqonining otilishidan keyingi ochlik tufayli 92 ming kishi halok bo‘lgan, Krakataudagi 1883 yilgi vulqon otilishi esa 36 ming kishini hayotdan olib ketgan sunamini keltirib chiqargan.

1980-yillardan boshlab vulqonlar natijasidagi o‘lim holatlari tobora kamayib bormoqda. Biroq, Blekkettning fikricha, bu qaysidir ma'noda tasodifiy sabablarga bog‘liq bo‘lib, tabiiy ofatlarning oldini olish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik natijasi emas. 

Vezuviy, Italiya. 

Niragongo, Kongo Demokratik Respublikasi.

Popokatepetl, Meksika.

Krakatau, Indoneziya.

Mavzuga oid