Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya janubi-sharqida portlash ro‘y berdi
Foto: Reuters
Turkiyaning Diyorbakir shahrida kuchli portlash ro‘y berdi. Bu haqda Haberturk nashri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, kamida o‘n kishi jarohat oldi, bir inson halok bo‘lgan. Hodisa joyiga tez tibbiy yordam avtomobillari yetib borgan.
Portlash politsiyaning maxsus topshiriqli guruhi shtabi yonida ro‘y bergan. U zirhli texnikadagi texnik nosozlik natijasida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. "Interfaks"ning mamlakat mudofaa vazirligidagi manbaga asosan xabar berishicha esa, bu holatda terakt ro‘y bermagan bo‘lishi mumkin.
"Terakt ehtimoli juda past. Aftidan, portlashga zirhli mashinani ta'minlash vaqtida texnika xavfsizligiga rioya etilmasligi sabab bo‘lgan", - deya aytib o‘tdi manba. Turkiya IIV rahbari Sulaymon Soylu esa portlash terakt emasligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
11:16
Talabalar bosimi ortidan Erdo‘g‘an qarorini o‘zgartirdi
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
21:32 / 20.05.2026
Turkiya qit’alararo raketasini ko‘z-ko‘z qildi. Yana qaysi davlatlar bunday qurilmaga ega?
11:57 / 17.05.2026