Turkiyaning Diyorbakir şahrida kuçli portlaş röy berdi. Bu haqda Haberturk naşri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga köra, kamida ön kişi jarohat oldi, bir inson halok bölgan. Hodisa joyiga tez tibbiy yordam avtomobillari yetib borgan.
Portlaş politsiyaning maxsus topşiriqli guruhi ştabi yonida röy bergan. U zirhli texnikadagi texnik nosozlik natijasida sodir bölgan bölişi mumkin. "Interfaks"ning mamlakat mudofaa vazirligidagi manbaga asosan xabar berişiça esa, bu holatda terakt röy bermagan bölişi mumkin.
"Terakt ehtimoli juda past. Aftidan, portlaşga zirhli maşinani ta'minlaş vaqtida texnika xavfsizligiga rioya etilmasligi sabab bölgan", - deya aytib ötdi manba. Turkiya IIV rahbari Sulaymon Soylu esa portlaş terakt emasligini ma'lum qildi.













