Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Eron, Suriya va KXDRni "muvaffaqiyatsiz davlatlar" deb atadi
Oq uy Eron, Suriya va KXDRni "muvaffaqiyatsiz davlatlar" deb atadi
Oq uy ma'muriyati rasmiy vakili Shon Spayser Suriya, Eron va Shimooliy Koreyani AQSh qarashini qo‘llab-quvvatlamaydigan "muvaffaqiyatsiz davlatlar" deb atadi.
"AQSh nuqtainazarini qo‘llab-quvvatlamayotgan mamlakatlar – Suriya, Eron, KXDR va Rossiya. Ularning barchasi, Rossiyadan tashqari, muvaffaqiyatsiz davlatlardir. Aytish mumkinki, hozirgi vaqt ushbu davlatlar bilan to‘planib bayramona kecha tashkil etish mumkin bo‘lgan davrlar emas", — degan Spayser jurnalistlarga AQShning Suriyadagi harakatlarini izohlar ekan.