Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kemalar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tish uchun qancha haq to‘lashi kerakligi ma’lum bo‘ldi
Bo‘g‘ozdan o‘tishning o‘rtacha narxi 1,5-2 million dollar oralig‘ida bo‘ladi.
Kemalar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tish uchun Eronga 2 million dollargacha haq to‘laydi. Bu haqda CNN Eron parlamentining budjet va rejalashtirish komissiyasi a’zosi Muhsin Zanginga tayanib xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, bo‘g‘ozdan o‘tishning o‘rtacha narxi 1,5 milliondan 2 million dollargacha bo‘ladi.
«Ushbu dastur doirasida olingan daromadlar davlat g‘aznasiga tushadi», — dedi eronlik siyosatchi.
Zanginning ta’kidlashicha, buning uchun maxsus idora — Fors ko‘rfazi bo‘g‘ozi boshqarmasi tashkil etilgan.
May oyi boshidan buyon 300 ta xorijiy kema xavfsiz o‘tish uchun ariza topshirgan.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi jahon iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, dunyo nefti, suyultirilgan gaz va o‘g‘itlar eksportining muhim qismi aynan shu yo‘lak orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
11:56
AQSh Eronga javob zarbalari yo‘lladi va neft sotuvini yana taqiqladi
09:10
AQShning Eronga yangi hujumlari mintaqada keskinlikni yanada oshirdi
21:41 / 07.07.2026
Eronda Ali Xominaiyning dafn marosimi o‘tkazilmoqda – suratlar
22:10 / 06.07.2026