Jahon | 09:48 / 12.04.2017
21744
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Suriyaga berilgan zarbalarni keskin tarzda izohladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Mir 24» telekanaliga bergan intervyusida AQShning Shayrot aerodromiga bergan raketa zarbalarini hamda kimyoviy quroldan amalga oshirilgan hujum xususida fikrlarini bildirdi. 

«NATO bo‘yicha ittifoqchilar qanday qarashdi? Barchasi xitoy polvonchalari (boshi likillab qimirlovchi haykalchalar) kabi nima bo‘layotganini tahlil qilmay, boshlarini likillatishda davom etishmoqda. Suriya qo‘shinlari kimyoviy qurol qo‘llaganini isbotlovchi dalil qani? Yo‘q. Xalqaro huquq esa buzildi. Bu aniq. BMT XK ruxsatisiz mustaqil davlatga zarba berildi», — degan prezident.

Bunda, Putinning qayd etishicha, «xalqaro huquq oshkora buzilganiga qaramay, hamma buni ma'qullayapti, qabul qilishmoqda, boshlarini likillatib, qo‘llab-quvvatlashmoqda».

«2003 yilda ham Iroqqa qo‘shinlarni olib kirish uchun bahona o‘ylab topildi. Mamlakat vayron bo‘ldi, aniqrog‘i, aynan shundan keyin turli terrorchi tashkilotlar ko‘paya boshladi. IShID paydo bo‘ldi. Hamma buni biladi, anglab turibdi, ammo yana o‘sha qilmishlarini takrorlayapti», — deb xulosa qilgan Putin.

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid