Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Donbassdan devor ko‘tarib chegaralanishni taklif qildi
Gruzining sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Donbassdan devor ko‘tarib chegaralanishni taklif qildi.
"Men Donbassning bosib olingan qismidan chegaralanish uchun devor qurish va bor e'tiborni Ukrainaning qolgan qismiga qaratish tarafdoriman", - deb yozdi u Facebook'dagi sahifasida va shu yerning o‘zida o‘z chiqishi videosini joylashtirdi.
Saakashvilining fikricha, Kiyev hozircha o‘zini o‘zi e'lon qilgan respublikalar bilan muzokaralarga kirishmaydi. Buning o‘rniga mamlakat taraqqiyotiga e'tibor qaratish kerak, shunda kelajakda Donbassning o‘zi Ukraina tarkibiga kirish istagini bildiradi, deydi u.
"Himoya devorini quramiz va bu bosqichda muloqotga kirishmaymiz, qurolli kuchlarimizning mudofaa chizig‘ini mustahkamlaymiz va tezlik bilan Kiyevdagi vaziyatni o‘zgartiramiz, Ukrainani shiddat bilan rivojlantiramiz, oldinga qarab olg‘a qadam tashlaymiz", - dedi siyosatchi.
Uning fikricha "ikki, uch, to‘rt, besh yilda bemalol buning uddasidan chiqsa bo‘ladi". Ukrainada yaxshi tayyorgarlikka ega armiya paydo bo‘lib, mamlakat Yevropada hurmatga sazovor bo‘ladigan vaqt kelganda "Donbassning o‘zi sharqiy nemislar kabi bu devorni buzib tashlaydi".
Mavzuga oid
20:08 / 04.06.2026
Moskvadan Qrimga ketayotgan yo‘lovchi avtobus zarbaga uchradi
21:08 / 22.05.2026
Bloomberg: Putin urushni yil oxirigacha yakunlamoqchi, ammo o‘z shartlari asosida
09:07 / 13.05.2026
Donbass masalasi bo‘yicha Trampning bayonoti e’lon qilindi
09:41 / 22.04.2026