Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Boeing-767 simulyatorini oldi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Kanadaning SAYe kompaniyasining Boeing-767 Full-flight-simulyatorini (FFS) oldi.
Ayni damda MAK trenajyor majmuasida SAYe mutaxassislari bilan birgalikda uni o‘rnatish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda. 20 apreldan dasturiy ta'minot va trenajyor qurilmalarini sozlash o‘tkaziladi, shundan so‘ng uni sinovdan o‘tkazish va sertifikatlashtirish bo‘lib o‘tadi. Trenajyor joriy yilning 9 iyun kuniga qadar foydalanishga topshiriladi.
Joriy yilning may oyida kanadalik mutaxassislar tomonidan milliy aviakompaniyaning o‘quv-mashg‘ulot markazida aviakompaniyaning 10 nafar muhandisi o‘qitiladi va ular aviatrenajyorga mustaqil xizmat ko‘rsatishga ruxsat oladilar.
FFS Boeing-767 trenajyori aviatsion trenajyorlar ishlab chiqarishda yetakchi hisoblangan SAYe kompaniyasining eng yangi ishlanmasidir. U zamonaviy dasturiy ta'minot, vizuallashtirish va 6 ta erkinlik darajasiga ega harakatchan tizimlar bilan jihozlangan, unda parvozning ham yerdagi, ham havodagi turli ssenariylari bo‘yicha mashg‘ulot o‘tash mumkin.
Mavzuga oid
11:17 / 20.10.2025
Hongkongda Boeing uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va dengizga quladi
09:02 / 23.09.2025
O‘zbekiston Boeing bilan sheriklikni kengaytiradi
08:26 / 23.09.2025
Uzbekistan Airways 8 mlrd dollarga 22 ta Boeing Dreamliner'ni xarid qiladi
21:52 / 04.07.2025