O‘zbekiston | 14:09 / 12.04.2017
5787
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Moskvada Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarda ishtirok etadi

2017 yilning 14 aprel kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi. 

O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi ham ushbu maslahatlashuvlarda ishtirok etadi.

Qayd etilishicha, maslahatlashuvlar Afg‘onistondagi vaziyatni hal etishdagi hamkorlik masalalariga tegishlidir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid