Video: Lavrov amerikalik jurnalistlarga munosib javob qaytardi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan muzokaralarga kirishishiga halaqit bergan amerikalik jurnalistlarga munosib javob qaytardi. RIA "Novosti" ushbu video bilan bo‘lishdi.
Tashqi siyosiy idoralar rahbarlari TIVning mehmonlarni qabul qilish xonasiga kirishlari bilanoq amerikalik jurnalistlar rossiyalik vazirga baqirib savol bera boshlashdi, aslida esa bunday holatlar uchun matbuot anjumani ko‘zda tutiladi.
"Sizlarni kim tarbiyalagan?", - deya savolga savol bilan javob berdi Lavrov. OAV vakillari uni eshitishi uchun savolni yana bir bor takrorlashga to‘g‘ri keldi. Shundan so‘nggina zalda jimlik hukm surdi. "Mana endi baqirishingiz mumkin", - deya kuldi Lavrov.
Mavzuga oid
21:26 / 12.12.2024
«Chegara bilmas muxbirlar»: 2024 yilda dunyoda 54 nafar jurnalist o‘ldirildi
13:37 / 06.12.2024
Kaya Kallas Maltada Lavrov bilan muloqot qilmaydi
12:14 / 06.12.2024
GFR TIV rahbari: Lavrovning YeXHTdagi bayonotlari - chidab bo‘lmas yolg‘on
11:11 / 20.11.2024