Jahon | 09:09 / 13.04.2017
7104
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat kotibi: Asad rejimi nihoyasiga yetayotganiga o‘zi aybdor

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muzokaralar yakunida Suriya prezidenti Bashar Asadning xatti-harakati o‘z hukmronligiga yakun yasashiga olib kelishini ma'lum qildi.

«Bizning pozitsiya shundan iboratki, Asad rejimi oxirlab bormoqda, hamda ular bunda o‘z xatti-harakati va urushlar tufayli aybdorlar», - deya aytib o‘tgan Davlat departamenti rahbari.

Shu bilan birga, Tillerson Rossiyani Asadga “bu reallikni tushunishda” yordam ko‘rsatishga chaqirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid