Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov Navalniydan tovon puli talab qilmadi
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov o‘z sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish da'vosi bo‘yicha muxolifatchi Aleksey Navalniyga moddiy e'tirozlar bildirmadi. Bu haqda Moskvaning Lyublin sudi matbuot xizmatida 13 aprelda ma'lum qilindi.
"Usmonovning da'vosida Navalniyga mulkiy e'tirozlar yo‘q", deb aytgan sud vakili. Uning aytishicha, Usmonov faqatgina tarqatilgan axborotni inkor qilishni talab qilmoqda.
Ma'lum qilingandek, sud 5 kun ichida Usmonovning da'vo arizasini ishlab chiqarishga qabul qilish masalasini hal qiladi.
Usmonovning Navalniy ustidan sudga da'vo arizasi berishi 12 aprelda ma'lum bo‘lgan. Usmonovning aytishicha, Navalniy milliarderni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan korrupsiyaviy aloqalar, daromad olishning yashirin sxemalari va xodimlarini arzimagan pulga ishlatib, ularni "tunashda" ayblab, "mumkin bo‘lgan chegaradan o‘tib ketgan".
Navalniyning korrupsiyaga qarshi jamg‘armasida milliarderning yuristlari bilan sudda "ko‘rishishdan mamnun bo‘lishlari" bilan javob berilgan.
RIA “Novosti” axborot agentligi tomondan so‘ralgan advokatlar, Usmonov sud jarayonida o‘zining haqligini isbotlay olishini taxmin qilishgan. Ularning ta'kidlashlaricha, OAVda chop etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Navalniyning "Bu sizga Dimon emas" deb nomlangan filmida so‘zlangan, Rublyovkadagi dang‘illama uy bilan bog‘liq bitimda hech qanday qonunbuzarlik bo‘lmagan.
Mavzuga oid
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
11:29 / 29.01.2026
Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan
15:25 / 06.01.2026
Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari 2025 yilda 24 mlrd dollarga boyidi
16:16 / 30.12.2025