Jamiyat | 20:29 / 13.04.2017
6329
2 daqiqa o‘qiladi

Yanvar-mart oylarida Toshkentda 2319ta jinoyat fosh etildi

Har bir sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik muqarrarligini ta'minlash maqsadida olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida 2017 yilning 3 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlarning 2319tasi yoki 90 foizga yaqini fosh etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qilindi.

Shuningdek, 3 oy davomida 510 nafar, oy boshidan 74 nafar hamda hafta davomida – 40 nafar qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar ushlandi. Bundan tashqari, 7-13 aprel oralig‘idagi hafta davomida 23ta jinoyat issiq izidan fosh etildi. Bulardan 1tasi talonchilik, 15ta o‘g‘irlik, 7tasi firibgarlik jinoyatlarini tashkil etgan.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash borasida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 
oy boshidan buyon 38ta, hafta davomida 21ta holat aniqlangan.

Ta'kidlanishicha, Toshkent shahriga kirib kelish postlarida yil boshidan beri 49ta giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlari aniqlangan, shundan 25 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.

Mavzuga oid