Sport | 18:18 / 13.04.2017
14645
2 daqiqa o‘qiladi

Berluskoni davri tugadi. «Milan» sotildi

«Milan»ning Li Yonxong rahbarligidagi xitoyliklar va amerikaliklar konsorsiumiga (Sport Investment Lux) sotilishi jarayoni yakunlandi. Bu haqda Football Italia xabar tarqatdi.

13 aprel kuni o‘tkazilgan uchrashuvda endilikda «Milan»ning sobiq xo‘jayini Silvio Berluskoni klub aksiyalarining 99,93 foizini sotgan. Savdoning umumiy qiymati 740 mln yevroga baholangan. Bu mablag‘ning 220 million yevrosi klub qarzlarini yopish uchun, yana 90 million yevro Fininvest kompaniyasiga kelishuv tuzilishi kechiktirilgani uchun ajratiladi. Kelishuv 2016 yil avgustida tuzilgan ammo xitoyliklar pulni o‘tkazib berishni ortga surib kelayotgandi.

Silvio Berluskoni «Milan»ni 1986 yilning fevralidan buyon boshqarib keldi. Berluskonining 31 yildan iborat davrida rossonerilar 29ta sovrin qo‘lga kiritgan: jamoa 8 marta Italiya chempionatida, bir marta Italiya Kubogi finalida, 7 marta Italiya Superkubogida g‘olib chiqdi. Shuningdek, jamoa Chempionlar Ligasida 5 marta, UYeFA Superkubogida 5 marta, Qit'alararo Kubokda ikki marta va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozongan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid