Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkekda YeOII yig‘ilishi va KXShT yetakchilari norasmiy uchrashuvi o‘tkaziladi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi “Ala-Archa” qarorgohida Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishi va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti a'zo-davlatlari norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iziston yetakchisi matbuot xizmati xabar berdi.
"2017 yilning o‘n to‘rtinchi aprel kuni Bishkek shahrida Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a'zo-davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. YeOIK yig‘ilishi Qirg‘iziston respublikasining joriy yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlaridagi raisligi doirasida bo‘lib o‘tadi. Prezident Almazbek Atamboyevning taklifi bilan 2017 yil Yevroosiyo hududida biznesni rivojlantirish uchun yanada yaxshi sharoitlarni yaratishga bag‘ishlanadi", - deya xabar berdi matbuot xizmati.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yig‘ilishi davomida Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Rossiya prezidentlari Ittifoq doirasidagi iqtisodiy aloqalarga oid dolzarb masalalarni muhokama qilishadi. Xabar qilinishicha, yig‘ilish ishida Moldova prezidenti ham ishtirok etadi. YeOII davlatlari rahbarlari Moldova Respublikasining unga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi davlat maqomini berish borasidagi murojaatini ko‘rib chiqishadi.
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a'zo-davlatlar yetakchilarining norasmiy uchrashuvida esa tashkilotning rivoji, shuningdek mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama etiladi. Uchrashuvda Armaniston, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston prezidentlari ishtirok etadi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
11:20 / 30.11.2025
“KXShT murakkab geosiyosiy inqirozda” - Rabbimov
10:10 / 28.11.2025
Bishkekda Putin tashrifi oldidan Ukraina elchixonasi ulkan LED-ekran ortiga “bekitildi”
22:26 / 11.10.2025