![](http://storage.kun.uz/source/1/eGIOdiR-8vi7Q83TmwR08rINOzxjn2YN.jpg)
Rossiya Milliy futbol ligasi (birinchi liga) 31-turdan o‘rin olgan Kaliningradning "Baltika" va "SKA-Xabarovsk" jamoalari o‘rtasidagi bahsda qayd etilgan durang natija Moskvaning "Dinamo" jamoasiga qo‘l keldi. Ushbu klub muddatidan avval Rossiya Futbol premer-ligasiga chiqish vazifasini uddaladi.
Kaliningradda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Mehmonda g‘alaba qozona olmagan "SKA-Xabarovsk" 47 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi. Chunki jamoa qolgan 7 turdi 69 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan "Dinamo"ga yeta olmaydi.
"Dinamo" o‘z tarixida birinchi marta 2015/16 yilgi mavsumda birinchi ligaga tushib ketgan edi.