Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurigan Oroldagi kemalarning birinchisiga «Germaniya» nomi beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 fevral kungi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanini 2017−2018 yillarda iqtisodiy rivojlantirish va bandlikni ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida Orol dengizining qurib qolgan hududidagi 11 ta kemani qayta tiklash va ularga qiziqish yuqori bo‘lgan turistlar keluvchi mamlakatlar nomini berish nazarda tutilgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.
Ushbu kemalarni qayta tiklash ishlari boshlanmoqda va qiziqish yuqori bo‘lgan turistlar keluvchi mamlakatlarni nazarda tutgan holda kemalarning (1-rasm, o‘ngdan) birinchisiga «Germaniya», ikkinchisiga esa «Yaponiya» nomi beriladi, deydi Mo‘ynoq tumani madaniyat va sport ishlari bo‘limi boshlig‘i Gulbahor Toqsanbayeva. Qolgan kemalarning nomi esa mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.
Mo‘ynoq tumani hokimi Xudaybergen Uteniyazovning ta'kidlashicha, ko‘pchilikning taklifiga binoan Mo‘ynoq tumani markazidagi kemaga esa (2-rasm) «O‘zbekiston» nomi berilishi ma'qul ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorida Mo‘ynoq tumanini turistik markazga aylantirish nazarda tutilgan bo‘lib, ushbu qaror ko‘pchilikning qiziqishini orttirmoqda. Ayniqsa, kemalarga mamlakatlarning nom berilishi xorijiy turistlarning ham e'tiborini qozonishi mumkin.

Foto: «Kemalar qabristoni». Mo‘ynoq tumani

Foto:Mo‘ynoq tumani markazidagi esdalik-kema
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026